KAFTIMDA Bog'lanish

Korxonalar uchun boshqaruv tizimi

Biznesingiz — kaftingizda.

Davomat, maosh, ombor, ishlab chiqarish va moliya — bitta tizimda. Jarayoningizga moslab quramiz, rahbar esa hammasini telefonida jonli ko'radi.

ILHAM GROUP va SANETTI'da ishlayapti312 xodimning oylik hisobi — 3 soniyada

Tanish holat

Oyning oxiri. Hisobchi uchun eng og'ir 3 kun.

Malika · sexOpa, soatim noto'g'ri yozilgan

Sardor · omborNega 200 ming kam?

Bekzod · ishlab chiqarishMen 3 kun ortiqcha ishladim-ku

3 kunqo'lda hisob-kitob
1hisobchi
312xodim

Soatlar qo'lda sanaladi. Xato — har oy. Bahs — har oy.

Qanday ishlaydi

KAFTIMDA'da-chi?

Ma'lumot o'zi keladi, hisob o'zi chiqadi. Rahbar hammasini jonli ko'radi.

Ma'lumot qayerdan keladi

  • Face ID terminalkelish va ketish
  • QR kodxodim kabineti
  • Elektron taroziog'irlik va dona
  • Telegram botbuyurtma va hisobot
  • Excelmavjud ma'lumotlar
KAFTIMDABitta baza — sizning qoidalaringiz

Kim nimani ko'radi

  • Rahbartelefonida, jonli
  • Hisobchitayyor hisobot — PDF, Excel
  • Xodimo'z hisobi, telefonida
  • Sexkatta ekranda reja va fakt
  • Telegramhar kuni qisqa hisobot

Tizim ichida

Har kuni ishlatiladigan tizim

Murakkab menyu yo'q — har bir rol faqat o'ziga keraklini ko'radi.

Namuna ma'lumot

  1. 01

    Davomat

    Kim keldi, kim kechikdi, kim qancha ishladi — Face ID terminal o'zi yozadi. Qo'lda tabel yuritilmaydi.

  2. 02

    Maosh

    Oy oxirida bitta tugma: 312 xodimning maoshi 3 soniyada tayyor. Xodim o'z hisobini telefonda ko'radi — «Nega shuncha?» degan savolga javob tayyor.

  3. 03

    Ishlab chiqarish

    Har smenada kim nechta dona qildi, reja qancha bajarildi — operatsiya bo'yicha, jonli. Ishbay haq o'zi hisoblanadi.

  4. 04

    Ombor

    Xomashyo kirim-chiqimi darhol yoziladi. Qoldiq doim aniq, tugayotganini tizim o'zi ogohlantiradi.

  5. 05

    Moliya

    So'm va dollar alohida. Kassa, qarz va to'lovlar bir joyda — pul qayerga ketgani ko'rinib turadi.

Va boshqa yo'nalishlar

  • CRM — mijozlar va sotuv
  • Savdo / POS — kassa, qoldiq, nasiya
  • Transport — mashina, yo'nalish, haydovchi haqi
  • Qurilish — obyekt, material, prorab hisoboti
  • Katta ekran — sexda jonli reja va fakt
  • Telegram bot — buyurtma, xabarnoma, hisobot
  • Maxsus tizim — jarayoningiz boshqacha bo'lsa

Mijozlar

Real korxonalarda ishlayapti

ILHAM GROUP

Kiyim ishlab chiqarish fabrikasi

312xodim bitta tizimda
3 soniyaoylik hisob

Muammo

Davomat va maosh qo'lda hisoblanardi: oy oxirida 3 kun va har oy bahs.

Yechim

Face ID terminallar, avtomatik maosh, ishbay smena hisobi va xodim kabineti.

Natija

312 xodimning oylik hisobi 3 soniyada tayyor. Xodim o'z hisobini telefonda ko'radi.

  • Davomat va maosh
  • Smena (ishbay)
  • Moliya
  • Transport
  • Tashqi xizmatlar

SANETTI

Xomashyo va ombor boshqaruvi

Xarid, kirim-chiqim, qoldiq va inventarizatsiya — Telegram ichidagi ilovada. Xomashyo tugay boshlasa, tizim o'zi ogohlantiradi.

  • Ombor
  • Xarid
  • Inventarizatsiya
  • Hisobotlar

Qanday ishlaymiz

Dastur sotmaymiz — jarayonni yo'lga qo'yamiz

Avval korxonani ko'ramiz, keyin tizim quramiz. Xodim ishlatolmasa — bu tizim emas.

  1. 01

    Tanishuv

    Jarayoningizni o'rganamiz: nima og'riyapti, qayerda pul yo'qolyapti.

  2. 02

    Moslash

    Kerakli modullarni tanlaymiz va aynan sizning qoidangizga sozlaymiz.

  3. 03

    Joriy etish

    O'rnatamiz, ma'lumotni ko'chiramiz, xodimlarni o'rgatamiz.

  4. 04

    Kuzatuv

    Yoningizdamiz: yangilash, qo'llab-quvvatlash va yangi bo'limlar.

  • Sizning qoidangiz bo'yicha

    Tayyor qolipga tiqmaymiz — tizim jarayoningizga moslashadi.

  • Qurilmalar bilan ulanadi

    Face ID terminal, elektron tarozi, QR va shtrix-kod.

  • Ma'lumot — sizniki

    Korxonangiz serverida yoki bulutda. Har bir rol faqat o'z bo'limini ko'radi.

Savollar

Ko'p beriladigan savollar

Qanday turdagi tizimlarni qila olasiz?

HR (xodimlar, davomat, maosh), CRM (mijozlar va sotuv), ERP (korxonani to'liq boshqarish), ombor, ishlab chiqarish, moliya va kassa, savdo/POS, qurilish va loyihalar, logistika, rahbar paneli, Telegram bot va Mini App. Jarayoningiz boshqacha bo'lsa — noldan maxsus tizim quramiz.

Narxi qancha turadi?

Narx tizim hajmiga va kerakli modullarga bog'liq. Avval jarayoningizni bepul o'rganamiz, so'ng aniq taklif beramiz. Bir moduldan boshlab, keyin bosqichma-bosqich kengaytirish mumkin — ortiqcha narsa uchun to'lamaysiz.

Qancha vaqtda ishga tushadi?

Tayyor modullar tezroq joriy etiladi, maxsus tizim muddati ko'lamiga bog'liq. Aniq muddatni tahlildan keyin yozma ravishda aytamiz.

Hozirgi Excel yoki boshqa dasturdagi ma'lumotlar nima bo'ladi?

Mavjud ma'lumotlarni (xodimlar, mahsulotlar, mijozlar, qoldiqlar) yangi tizimga ko'chirib beramiz — noldan kiritish shart emas.

Ma'lumotlarim qayerda saqlanadi va xavfsizmi?

Tanlov sizda: korxonangiz serverida yoki bulutda. Har bir foydalanuvchi faqat o'z roliga ruxsat berilgan bo'limni ko'radi, muhim amallar tarixi saqlanadi.

Keyinchalik o'zgartirish yoki yangi bo'lim qo'shish mumkinmi?

Ha. Biznes o'sadi — tizim ham o'sadi. Yangi bo'lim, hisobot yoki qurilma kerak bo'lsa qo'shamiz; qo'llab-quvvatlash davomida yonimizdasiz.

Xodimlar tizimni o'rgana oladimi?

Interfeysni imkon qadar sodda qilamiz: har bir rol faqat o'ziga keraklini ko'radi. Joriy etishda xodimlarni o'zimiz o'rgatamiz.

Biznesingizni kaftingizga oling

Jarayoningizni aytib bering — nimadan boshlash kerakligini bepul tahlil qilib beramiz.

yoki [email protected]

Qo'ng'iroq qilish Telegram